Узбек O'zbek
Shomurodov «Bunyodkor»dan beso‘roq «Rostov»ga ketib qolgan
Chorshanba, 26 Iyul
6537

«Rostov» hujumchisi Eldor Shomurodov «Bunyodkor» klubidan so‘ramasdan turib Rossiya klubi bilan shartnoma imzolagan. Bu haqda toshkentliklar bosh direktori Murod Aliyev ma’lum qilgan.

«Eldor Shomurodov biz bilan maslahatlashmasdan «Rostov» bilan shartnoma imzolab bo‘lgan ekan. Bizga «Rostov» uning transferi bo‘yicha aloqaga chiqqanida Shomurodov allaqachon shartnomaga qo‘l qo‘yib bo‘lganini aytishdi», - deya Aliyevdan iqtibos keltiradi Offsayd.Uz.

Eslatib o‘tamiz, shu oyda O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod bo‘lgan Shomurodov «Rostov» klubiga ko‘chib o‘tgan edi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz