Узбек O'zbek
Eldor Shomurodov nima uchun «Rostov» taklifini qabul qilgani haqida gapirdi
Seshanba, 18 Iyul
5432

Faoliyatini Rossiyaning «Rostov» klubida davom ettiradigan bo‘lgan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov yangi klubi safida ilk marta intervyu berdi va Don klubiga o‘tishi sabablari haqida gapirdi.

«Albatta, men uchun bu yerda bo‘lish yoqimli hodisa. «Rostov»ni nafaqat Rossiyada, Yevropada ham yaxshi bilishadi. Men «Rostov» muxlislarini xursand qilish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman.

Men jamoaning «Bavariya» va «Manchester Yunayted» klublariga qarshi o‘yinlarini tomosha qilganman, bu o‘yinlar menda katta taassurot qoldirgan. Bu «Rostov»ni tanlashim sabablaridan biridir.

RFPLdagi hujumchilardan menga«Lokomotiv»dagi Arining, Rossiya terma jamoasi hujumchisi Fedor Smolovning o‘yin uslubi yoqadi. Jamoada ham yaxshi hujumchilar bor va ulardan ko‘p narsa o‘rganish mumkin», – deya Shomurodovning so‘zlarini keltirgan Donnews.ru.

«Rostov»da ushbu o‘zbekistonlik 22 yoshli hujumchi 14-raqam ostida to‘p suradi, bungacha ushbu raqam yozgi transferlar vaqtida «Zenit»ga yo‘l olgan Dmitriy Polozga tegishli edi. 

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz