Узбек O'zbek
«Rostov» Shomurodovni o‘z futbolchisi sifatida tanishtirdi
Dushanba, 17 Iyul
7896

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi, shu vaqtgacha «Bunyodkor» safida to‘p surib kelgan Eldor Shomurodov rasman «Rostov» futbolchisiga aylandi.

Donliklar jamoasi 22 yoshli futbolchini o‘z a’zosi sifatidan tanishtirdi, bu hujumchi yangi jamoasida 14-raqamli futbolkada harakat qiladi.

Shartnoma 4 yil muddatga tuzilgan, kelishuvning moliyaviy jihatlari oshkor etilmagan.

«Rostov»da yana bir qator futbolchilar paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, jamoa rasmiy sayti aynan Shomurodovning tashrifini muxlislar uchun kutilmagan sovg‘a deb atadi.

Shomurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 18 uchrashuv o‘tkazgan va 6 gol urgan.

Eldor Shomurodov «Bunyodkor»dagi ikki yarim yillik faoliyati mobaynida 83ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblari darvozasiga 22ta gol urdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz