Узбек O'zbek
«Bunyodkor» hujumchisi Rossiya chempionatiga o‘tdi
Shanba, 15 Iyul
8944

Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov keyingi faoliyatini Rossiya premer-ligasi vakili “Rostov” klubida davom ettiradi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi rasmiy sayti ma’lum qildi. 

Birinchi davra oxirlarida “Bunyodkor” futbol klubiga Eldor Shomurodov transferi masalasida Rossiyaning “Rostov” klubidan taklif tushdi. Olib borilgan muzokaralardan so‘ng Eldor Shomurodov “Bunyodkor”dan “Rostov”ga o‘tdi.

Aytish joizki, “Bunyodkor” futbol klubi o‘z tarkibidagi futbolchilarining biznikidan kuchliroq bo‘lgan xorij chempionatlariga yo‘l olishiga doimo ijobiy munosabatda bo‘lib keladi. O‘ylaymizki, Eldor Shomurodov Rossiya premer-ligasida to‘p tepib, orttiradigan tajribasi va mahorati kelajakda O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun foydali bo‘ladi. Shomurodov so‘nggi yillarda premer-liga bahslarida o‘z o‘rniga ega bo‘lishgan Odil Ahmedov, Vitaliy Denisov, Vadin Afonin singari nom qozonib, Rossiya chempionatida munosib ishtirok etadi. Qayd etish kerakki, Eldor Shomurodov "Bunyodkor" FKdan Rossiya chempionatiga yo‘l olgan o‘zbekistonlik birinchi futbolchi bo‘ldi.

Eldor Shomurodov "Bunyodkor"dagi ikki yarim yillik faoliyati mobaynida 83ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblari darvozasiga 22ta gol urdi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz