Узбек O'zbek
«Zenit» barbod bo‘lgan transfer bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklamoqchi
Juma, 07 Iyul
2481

Rossiyaning «Zenit» klubi «Roma» himoyachisi Kostas Manolasni sotib olish uchun yana bir marotaba urinib ko‘radi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, piterliklar bosh murabbiyi Roberto Manchini mazkur transfer bo‘yicha muzokaralarni qaytadan tiklash uchun futbolchi bilan munosabatlarni yaxshilashga harakat qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq «Zenit» Manolasni tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun oldindan belgilan  tartibda tayyorgarlik ko‘rmagani va o‘z vaqtida yetib kelmagani uchun sotib olish fikridan qaytgandi. Bundan tashqari, Manolasga uning maoshini Rossiya valyutasi rublda hisoblab berishlari ma’qul kelmagandi.

Xabar qilinishicha, «Zenit» gretsiyalik futbolchini 30 million yevro evaziga sotib olishni rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar Sankt-Peterburg klubi «Roma»dan yarimhimoyachi Leandro Paredesni sotib olishga ulgurgan.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz