Узбек O'zbek
Eldor Shomurodovning yangi jamoasi nomi ma’lum
Juma, 07 Iyul
16077

Toshkentning «Bunyodkor» jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini Rossiyaning «Rostov» klubida davom ettiradi. Bu haqda Tribuna.uz'ga vaziyatdan xabardor manbalar ma’lum qilgan.

Oldinroq Rossiyaning «Izvestiya» nashri Shomurodovning «Krasnodar»ga o‘tayotgani haqida xabar tarqatgandi. Unga ko‘ra, futbolchi krasnodarliklar jamoasi hujumchisi Fyodor Smolov o‘rnini egallashi lozim edi. Ammo «Bunyodkor» mutasaddilari va murabbiylar bilan yaqin aloqada ekani aytiladigan OFK sobiq komissari Alisher Nikimbayev bu ma’lumotni inkor qilib chiqdi.

«Shomurodovning keyingi jamoasi aniq. Ammo bu «Krasnodar» emas. RFPL jamoasi, lekin boshqa jamoa», deya yozgan Nikimbayev o‘z tvitterida.

Shomurodovning «Rostov» bilan tuzadigan shartnomasi shartlari ochiq qolmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, mavsum yakunlangach, «Rostov»ni ma’lum muddat boshqargan Qurbon Berdiyev va asosiy tarkibning deyarli barcha yetakchilari tark etishdi. Jumladan jamoaning asosiy hujumchilari Sardor O‘zmun va Dmitriy Polozning boshqa jamoaga o‘tib ketishi natijada rostovliklar hujumchi ampluasiga futbolchi qidirishayotgandi. Shomurodov klubni tark etgan futbolchilar o‘rnini bosishi kutilmoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz