Узбек O'zbek
Eldor Shomurodov Rossiya chempionatiga o‘tishga yaqin
Juma, 07 Iyul
3036

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi va «Bunyodkor» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini Rossiya chempionatida davom ettiradi. Bu haqda «Izvestiya» nashri xabar tarqatdi.

Manba xabariga ko‘ra, «Krasnodar» yozgi transferlar vaqtida hujumchi Fyodor Smolovni sotishi kutilmoqda. «Krasnodar» aynan Eldor Shomurodovni uning o‘rniga nomzod sifatda ko‘rmoqda. 22 yoshli futbolchi bilan muzokaralar yakunlovchi pallaga yaqin va transfer yozda amalga oshishi mumkin.

«Shomurodov — O‘zbekistoning yosh va kelajagi porloq futbolchilardan biri. U ancha kuchaymoqda va yulduzga aylanishi mumkin», — degan «Krasnodar» klubidagi manba.

Shomurodovning «Krasnodar»ga o‘tishiga ikkala tomon ham rozilik bildirgan. Hozirgi vaqtda futbolchining transferi shartlari hal qilinmoqda. Eldor faoliyatini aynan shu klubda davom ettirishga yaqin turibdi. Gap to‘laqonli transfer haqida ketmoqda.

Gap shundaki, qishki transferlar vaqtida futbolchiga Rossiyaning «Zenit» va «Rubin» jamoalari ham Shomurodovga qiziqish bildirishgandi. Jamoalar uni ijaraga olishni istagandi. Ammo jamoa ham Shomurodovning ijaraga qarshi bo‘lgach, bu transfer amalga oshmay qolgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz