Узбек O'zbek
«Real» «Barselona» bilan kurashda yutib chiqilgan transferi haqida e’lon qildi
Payshanba, 06 Iyul
16885

Madridning «Real» klubi «Atletiko» chap qanot himoyachisi Teo Ernandes transferini rasman e’lon qildi.

Madridliklar rasmiy sayti bergan xabarga ko‘ra, 19 yoshli fransuz futbolchisi «Real» bilan 6 yilga mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

Ernandes 10 kuni matbuot va omma oldida tanishtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, futbolchiga shuningdek, «Barselona» ham jiddiy qiziqish bildirgandi. biroq Ernandes 26 million yevro evaziga «qaymoqranglilar» safiga o‘tadigan bo‘ldi.

O‘tgan mavsumni Teo «Alaves» safida ijarada o‘tkazgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz