Узбек O'zbek
Lucheskuni ishdan bo‘shatish «Zenit»ga qimmatga tushdi
Payshanba, 29 Iyun
3335

«Zenit» klubi sobiq bosh murabbiyi Mircha Luchesku jamoa bilan moliyaviy masalalariga to‘liq oydinlik kiritib oldi. Bu haqda «Fontanka» nashri xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, Sankt-Peterburg klubi 71 yoshli ruminiyalik mutaxassis bilan shartnomani muddatidan avvali bekor qilgani uchun kompensatsiya to‘laydigan bo‘ldi.

Luchesku «Zenit»dan 4 million yevro talab qilgandi. Klub uni 2,5 million yevro olishga ko‘ndirgan. Endilikda Luchesku murabbiylar shtabini ham rozi qilish qolmoqda.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz