Узбек O'zbek
«Paxtakor»ning Oliy ligadagi ilk transferi «Bunyodkor» futbolchisi bo‘lishi mumkin
Chorshanba, 28 Iyun
8355

Toshkentning «Bunyodkor» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov «Paxtakor» jamoasi qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. Bu haqda Tribuna.Uz'ga vaziyatdan xabardor manbalar ma’lum qilgan.

Manbaga ko‘ra, o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘yayotgan Toshkent jamoasi buning uchun O‘zbekistondagi ko‘zga ko‘ringan bir qator futbolchilarni o‘ziniki qilib olishni istamoqda. Klubning yangi bosh murabbiyi Shota Arveladze bu borada birinchi bo‘lib Shomurodovga e’tiborini qaratgan.

«Paxtakor» klubi xodimlaridan biri tvitterdagi akkaunti orqali ham bu ma’lumotni tasdiqlashga shama qilgan. «Paxtakor» «Bunyodkor» futbolchilariga qiziqadigan davrlarga ham yetib keldik», deb yozgan u. Ammo tvitda u aynan qaysi futbolchi haqida gap ketayotganiga oydinlik kiritmagan.

Eslatib o‘tamiz, ikkinchi davradan boshlab Shota Arveladze qo‘l ostida faoliyatini boshlaydigan «Paxtakor» dastlabki transfer xaridi sifatida chernogoriyalik himoyachi Simichni o‘z safiga qo‘shib olgandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz