Узбек O'zbek
Luchesku 10 yildagi eng yomon natijasini qayd etdi
Payshanba, 25 May
2689

Ruminiyaning Libertatea nashri "Zenit" murabbiyi ruminiyalik mutaxassis Mircha Lucheskuning joriy mavsumdagi faoliyatini tahlil qildi.

Nashr bergan ma’lumotga ko‘ra, 71 yoshli mutaxassis 2007 yildan beri ilk marotaba mavsumni sovrinsiz yakunlaydi. O‘tgan mavsumda Luchesku "Shaxtyor" bilan Ukraina kubogini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, "Zenit" bilan Rossiya Superkubogida g‘alaba qozongandi. 

"Zenit" joriy mavsum Rossiya chempionatini 61 ochko bilan 3-o‘rin bilan yakunladi. Jamoa musobaqa g‘olibi bo‘lgan "Spartak"dan 8 ochko kam jamg‘ardi. 

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz