Узбек O'zbek
«Inter» yana bosh murabbiyini iste’foga chiqardi
Chorshanba, 10 May
3330

«Inter» bosh murabbiyi Stefano Pioli iste’foga chiqarildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Milanliklar jamoasi Italiya chempionatining so‘nggi 7 uchrashuvda bor-yo‘g‘i 2 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘ldi va bu natijalar klub rahbariyatining bunday qarorga kelishiga sababchi bo‘ldi.

Mavsumning qolgan uch uchrashuvida «neradzurri»larni yoshlar jamoasi ustozi Stefano Vekki boshqarib turadi.

«Hozirning o‘zidan klub kelgusi mavsumga tayyorgarlikni boshlaganini e’lon qiladi», – deyiladi «Inter» rasmiy bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, «Inter» mavsum boshlanishi arafasida jamoa bosh murabbiyi Roberto Manchinini iste’foga chiqargan va uning o‘rniga niderlandiyalik Frank de Bur olib kelingandi. Ammo ko‘p o‘tmay, de Bur ham ishdan olingan va uning o‘rniga Stefano Pioli olib kelingandi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz