Узбек O'zbek
«Barselona» yangi futbolchi sotib olish uchun Albani qo‘shib bermoqchi
Payshanba, 27 Aprel
6829

Kataloniyaning «Barselona» klubi hozirda «Alaves» safida to‘p surayotgan, «Atletiko»ga tegishli bo‘lgan Teo Ernandesga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda As nashri xabar tarqatdi.

Manbada yozilishicha, 19 yoshli futbolchi uchun «Barselona»ning asosiy raqobatchisi sifatida «Real» ko‘rilmoqda. Madridliklar futbolchi uchun yiliga 9 mln. yevro yillik maosh to‘lashga rozi bo‘lib turibdi. Transfer summasi 36 mln. yevroga baholangan.

«Barselona» Teo uchun bunday katta mablag‘ to‘lay olmaydi, biroq ular sportcha kafillik bermoqchi. «Real» Teoni Marseloning o‘rinbosari sifatida ko‘rayotgan bo‘lsa, kataloniyaliklar Ernandesga hozirdanoq asosiy tarkib futbolchisi bo‘lishni kafolat bermoqda va transferning bir qismi sifatida Jordi Albani ham qo‘shib berishga tayyorligini bildirgan. 

Qayd etib o‘tish joiz, 28 yoshli Albaning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilda nihoyasiga yetadi.

Teglar

O'xshash yangiliklar

Tavsiya etamiz