08.05.2024 20:50
2278
Teglar
Tuxel keyingi mavsum qayerda bo‘lishi haqida: «Chelsi», Angliya, umuman APL menga juda yoqqan»

«Bavariya» bosh murabbiyi Tomas Tuxel kelajagi haqidagi savolga javob qaytardi. Germaniyalik murabbiy mavsum yakunida nemis klubidan iste’foga chiqishi haqida e’lon qilgandi.

«Kelasi mavsum qayerda bo‘laman? «Bavariya»da qolishim ehtimoli juda, juda, juda kam. Bu masalada tashabbus mendan emas, klubdan chiqqandi.

«Real»ga qarshi o‘yindagi natija klubdagi keyingi taqdirimga ta’sir qiladimi? Menimcha, yo‘q. Ehtimol, natijaga qaramay, men ta’til olarman. Ko‘ramiz.

APLga qaytishim mumkinmi? Javob berishni istamasdim, ammo «Chelsi»da ishlash menga yoqqan. Angliyada, APLda ishlash juda yoqqandi. Bu faoliyatimda o‘zgacha davr bo‘lgan. U yerdagi faoliyatimni yaxshi xotiralar bilan eslayman», - deya Tuxelning so‘zlarini keltirgan TNT Sports.

Eslatib o‘tamiz, «Real» - «Bavariya» o‘rtasida Myunxenda o‘tgan birinchi bahsda 2:2 hisobida qayd etilgan. Javob uchrashuvi bugun, chorshanba oqshomida soat 23:59da boshlanadi.

Turnir jadvallari
Team
W D L Pts
So‘nggi yangiliklar
Dolzarb xabarlar