08.05.2024 16:27
7134
Teglar
Orsato «PSJ» — «Borussiya» o‘yinidan keyin ko‘z yoshini tiya olmadi

Chempionlar ligasi yarimfinal javob o‘yini doirasidagi «PSJ» va «Borussiya» (0:1) uchrashuvini boshqargan Daniele Orsato uchrashuvdan keyin ko‘z yoshlarini tiya olmadi.

Gap shundaki, Parijdagi «Park de Prens» o‘yingohida o‘tgan uchrashuv italiyalik 48 yoshli hakamning Chempionlar ligasidagi so‘nggi o‘yiniga aylandi. Orsato 2006 yildan buyon A Seriyada, 2007 yildan UEFA turnirlarida faoliyat yuritib, 2012 yildan Chempionlar ligasining o‘yinlariga muntazam tayinlanadigan bosh hakamga aylangandi.

Italiyalik hakam joriy mavsum yakunida faoliyatini yakunlaydi. Yevro-2024 bahslari Orsatoning so‘nggi musobaqasiga aylanadi.

Turnir jadvallari
Team
W D L Pts
So‘nggi yangiliklar
Dolzarb xabarlar