05.05.2024 01:01
3320
Teglar
Saudiya Pro ligasi. «An Nasr» «Al Vahda»ga 6 ta gol urdi, Ronalduda het-trik

Saudiya Arabistoni chempionatining 30-turida «An Nasr» o‘z maydonida «Al Vahda» darvozasiga javobsiz 6 ta gol urdi. 

Ronaldu het-trikka erishib, mavsumdagi gollarini 32 taga yetkazdi. 

«An Nasr» 74 ochko bilan 2-pog‘onani egallagan va chempionat yakuniga 4 ta tur qolganida peshqadam «Al Hilol»dan 9 ochkoga ortda qolmoqda. «Al Vahda» 32 ochko bilan 12-o‘rinda qoldi. 

Saudiya Pro ligasi. 30-tur

An Nasr Al Vahda 6:0

4 may, «King Saud University Stadium»

Gollar: Ronaldu (5, 12, 52), Otavio (18), Mane (45), Al Fatil (88).

An Nasr – Ospina, Al G‘annam (Bushal, 72), Laport, Al Avjami, Telles, Ayman (Al Fatil, 46), Brozovich, Otavio (Al Hassan, 46), Al Haybari, Ronaldu (As Sulayhim, 79), Mane (An Nemer, 79).

Al Vahda – Muhammadiy, Al Hafit, Makki, Xavsavi, Fajr, Bakshuin (Al Azizi, 81), Anselmo (Al Haji, 76), Al Isa (Al Gamdi, 46), Nur (Al Buxoriy, 46), van Kroy (Naji, 76), Igalo.

Ogohlantirishlar: Anselmo (38), Fajr (87).

Turnir jadvallari
Team
W D L Pts
So‘nggi yangiliklar
Dolzarb xabarlar