04.05.2024 02:24
1321
Teglar
APL. «Luton» «Everton» bilan durang o‘ynadi

Angliya chempionatining 36-turidan o‘rin olgan dastlabki bahsda ligada qolish uchun kurashayotgan «Luton» o‘z maydonida «Everton» bilan murosa yo‘lini tanladi. 

«Luton» ochkolarini 26 taga yetkazib, 18-o‘rinni egallab turibdi. Premer-ligada qolishni kafolatlagan «Everton» 37 ochko bilan 15-pog‘onada. 

APL. 36-tur

Luton Taun — Everton 1:1

3 may, «Keniluort Roud»

Gollar: Adebayo (31) — Kelvert-Lyuin (24, penalti).

Luton – Kaminski, Berk, Osho, Menji, Oniyedinma (Vudrou, 70), Dauti, Barkli, Chong (Berri, 87), Lokonga, Morris, Adebayo (Taunsend, 80).

Everton – Pikford, Godfri, Tarkovski, Brentueyt, Yang (Koulmen, 67), Harrison, Guye (Shermiti, 80), Dukure (Andre Gomesh, 54), Garner (Onana, 55), Kelvert-Lyuin (Betu, 80), Maknil.

Ogohlantirishlar: Garner (9), Chong (43), Guye (52), Andre Gomesh (90+3).

Turnir jadvallari
Team
W D L Pts
So‘nggi yangiliklar
Dolzarb xabarlar