02.05.2024 10:11
1753
Terzich: «Javob o‘yinida durang kerak, ammo g‘alaba qozonishni xohlaymiz»

«Borussiya D» bosh murabbiyi Edin Terzich «PSJ»ga (1:0) qarshi YeCHL yarimfinalidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

«Haqqoniy g‘alaba. Jamoa yaxshi o‘yin ko‘rsatdi.

Ko‘proq gol urishimiz mumkin edi, ammo raqib ham to‘p kiritishi mumkin edi. Shuning uchun bu — normal natija, nazarimda. Biz ko‘p harakat qildik, bunday bahsda shunday o‘ynash kerak. 

«Uembli»ga yo‘llanma qo‘lga kiritishimiz kerak. Endi javob o‘yinida durang kerak, lekin biz ham g‘alaba qozonishni xohlaymiz.

Bizda kichik ustunlik va yaxshi imkoniyat bor», — deya Terzichning so‘zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.

Javob bellashuvi 7 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Turnir jadvallari
Team
W D L Pts
So‘nggi yangiliklar
Dolzarb xabarlar