30.04.2024 02:11
4506
Teglar
La Liga. «Barsa» Levandovskining het-trigi evaziga «Valensiya» ustidan irodali g‘alabaga erishib, 2-o‘ringa qaytdi

Ispaniya chempionatining 33-turidan o‘rin olgan so‘nggi o‘yinda «Barselona» «Valensiya»ni qabul qildi va Levandovskining het-trigi evaziga kambekka kambek bilan javob berdi. 

E’tiborlisi, mehmonlar 1-bo‘lim so‘ngida kamchilikda qolishdi — darvozabon Mamardashvili jarima maydonchasi tashqarisida qo‘l bilan o‘ynagani uchun chetlatildi. 

Xavi jamoasi ochkolarini 73 taga yetkazib, 2-o‘ringa qaytdi. «Valensiya» 47 ochko bilan 8-pog‘onada qoldi. 

La Liga. 33-tur

Barselona Valensiya 4:2

29 aprel, «Monjuik»

Gollar: Lopes (22), Levandovski (49, 82, 90+3) — Duro (27), Pepelu (38, penalti).

Barselona – ter Stegen, Kunde, Arauxo, Kubarsi (Martines, 46), Joau Kanselu (Ferran Torres, 80), Kristensen (Serxi Roberto, 46), Gundo‘g‘an, Lopes (Pedri, 73), Rafinya (Joau Feliks, 66), Yamal, Levandovski.

Valensiya – Mamardashvili, Terri Korreyya, Moskera, Gasorovski, Xesus Vaskes, Pepelu, Gerra (Gilyamon, 71), Almeyda (Domenek, 51), Peter Federiko (O‘zkajar, 79), Duro (Mari, 70), Diyego Lopes (Kanos, 79). 

Ogohlantirish: Kubarsi (42).

Chetlatish: Mamardashvili (45+4).

Turnir jadvallari
Team
W D L Pts
So‘nggi yangiliklar
Dolzarb xabarlar