03.10.2023 20:57
1983
Teglar
OCHL. «Navbahor» «Mumbay Siti»ni yirik hisobda mag‘lub etib, guruh peshqadamiga aylandi

OCHL 2-turi doirasida «Navbahor» turnir doirasida Namangandagi ilk o‘yinini o‘tkazdi.

«Navbahor» o‘z tarixida muxlislari qarshisida o‘tkazgan Osiyo Chempionlar ligasidagi debyutida birinchi bo‘limda hisobni ocha bilmadi. Aksincha, mehmonlar penaltidan foydalana olishmadi.

Ikkinchi bo‘limga kelib Samvel Babayan shogirdlari uyg‘onishdi. Jamshid Iskanderov ajoyib zarbasi bilan hisobni ochgan bo‘lsa, Oston O‘runovning chiroyli uzatmasidan keyin Jasur Yaxshiboyev ikkinchi golga mualliflik qildi. Temurxo‘ja Abduxoliqovning 87-daqiqadagi uzatmasidan keyin esa Doniyor Abdumannopov hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi – 3:0.

Shu tariqa, Namangan klubi 4 ochko bilan guruh peshqamiga aylandi. Guruhdagi ikkinchi o‘yin bugun «Nassaji Mozandaron» (3 ochko) va «Al-Hilol» (1 ochko) o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

 OCHL. «D» guruhi. 2-tur

«Navbahor» – «Mumbay Siti» (Hindiston) 3:0

Hakam: Muhammad Nazmi (Malayziya)

Gollar: Jamshid Iskanderov 52, Jasur Yaxshiboyev 58, Doniyor Abdumannopov 87.

«Navbahor»: 1.O‘tkir Yusupov, 5.Milosh Milovich, 6.Ibrohim Yo‘ldoshev, 7.Oston O‘runov (19.Doniyor Abdumannopov,82), 8.Jasurbek Yaxshiboyev (77.Asadbek Sobirjonov, 82), 10.Jamshid Iskanderov, 13.Filip Ivanovich, 14.Jamshid Boltaboyev, 22.Igor Golban, 23.Yovan Jokich, 91.Toma Tabatadze (21.Temurxo‘ja Abduxoliqov,72)

«Mumbay Siti»: 1.Purba Lachenpa, 4.Tiri, 5.Mehtab Singh, 6.Vikram Partap (29.Bipin Singh, 70), 7.Lalliagzuala Chhangte (23.Abdunosir El Xayati,58), 8.Van Nieff, 18.Rostin Griffits, 24.Greg Styuart, 30.Jorje Pereyra Dias, 31.Akash Mishra, 45.Lalengmavia.

Foydalanilmagan penalti: Greg Styuart («Mumbay Siti»), 42.

Turnir jadvallari
Team
W D L Pts
So‘nggi yangiliklar
Dolzarb xabarlar