02.10.2023 10:40
3015
Teglar
OCHL. OKMK Iroq vitse-chempionini qabul qiladi, «As-Sadd» Qarshida mehmon, Ronaldu tojik klubiga qarshi

Bugun, 2 oktyabr kuni Osiyo Chempionlar ligasida 2-tur bahslariga start beriladi.

O‘zbekiston klublaridan OKMK va «Nasaf» o‘z o‘yinlarini bugun o‘tkazishadi. Mirjalol Qosimov murabbiyligidagi OKMK jamoasi Iroq vitse-chempioni «Al-Quva Al-Javiya» klubini qabul qiladi. «S» guruhidagi «konchilar» 1-turda Jiddada «Al-Ittihod»dan uchralgan yirik mag‘lubiyatdan keyin Olmaliqdagi bahsda muxlislari qarshisida o‘zini ko‘rsatishi talab etiladi. Iroq klubi 1-turda «Sepaxon» bilan 2:2 hisobini qayd etgan. O‘yin soat 17:00da belgilangan.

Birinchi turda Iordaniyadan g‘alaba bilan qaytib, «B» guruhida peshqadam bo‘lib turgan «Nasaf» jamoasi Qarshida «As-Sadd»ni qabul qiladi. Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari Qatar chempionatida peshqadam bo‘lib turgan Doha jamoasi ustidan g‘alabaga erisha olsa, guruhdan chiqish uchun yaxshi imkoniyat hosil qiladi. Vohadagi bahs soat 21:00da boshlanishi belgilangan.

G‘arb mintaqasida dushanba kungi yana bir e’tiborli o‘yinlaridan biri Ar-Riyodda o‘tadi. Krishtianu Ronaldu yetakchiligidagi «An-Nasr» klubi qo‘shni Tojikiston chempioni «Istiqlol»ni qabul qiladi. Birinchi turda Saudiya klubi Erondan g‘alaba bilan qaytib guruhda peshqadamga aylangandi, Dushanbe jamoasi esa «Ad-Duhayl» bilan durang qayd etgandi. Tojik klubi mag‘lub etilsa, «An-Nasr» 6 ochko bilan guruhdan chiqish imkoniyatini yaxshilaydi.

Shuningdek, seshanba kuni yana ikki klubimiz – «Paxtakor» Saudiya Arabistonida «Al-Feyha» mehmoni bo‘lsa, «Navbahor» Namanganda o‘tadigan OCHLdagi birinchi o‘yinida Hindistonning «Mumbay Siti» klubini qabul qiladi.

OCHL, 2-tur. G‘arb mintaqasi. Bugungi o‘yinlar ro‘yxati va TV-translyatsiya:

Turnir jadvallari
Team
W D L Pts
So‘nggi yangiliklar
Dolzarb xabarlar