01.10.2023 16:37
5511
Teglar
«Hakamlar xatosi tan olingani endi kimga yordam beradi?». Klopp Londondagi mag‘lubiyat va VAR haqida

 Yurgen Klopp «Tottenhem»dan uchralgan mag‘lubiyatdan (1:2) keyin fikrlarini bildirdi.

Londondagi bahsda «Liverpul» «Tottenhem»ga mag‘lubiyatga uchradi. Birinchi bo‘limda hakamlar Luis Diasning haqqoniy golini bekor qilishdi. O‘yindan keyin esa Angliya hakamlar qo‘mitasi VAR xatoga yo‘l qo‘yganini rasman tan oldi.

«Golimiz hakamlar xatosi bilan inobatga olinmagani tan olingani endi kimga yordam beradi? Bunday vaziyat shu mavsum «Manchester Yunayted» o‘yinida ro‘y bergandi. O‘sha o‘yinda «Vulverhempton»ga ochko berildimi?

Biz ham buning uchun ochko ololmaymiz. Hammamiz VAR paydo bo‘lganidan keyin ba’zi vaziyatlarda oson bo‘lishini kutgandik.

Gol urgan vaziyatimizda qaror juda tez qabul qilindi. Bu esa o‘yinning borishini o‘zgartirib yubordi», - deydi Klopp.

Qayd etish joiz, shu kuni mehmonlarning ikki futbolchisi Jons va Jota maydondan chetlatildi. Klopp shogirdlari 90+6-daqiqada Matipning avtogoli sabab mag‘lubiyatni tan olishdi.

Turnir jadvallari
Team
W D L Pts
So‘nggi yangiliklar
Dolzarb xabarlar