02.05.2024 23:12
2307
Teglar
Osiyo kubogi U23. Iroq Indoneziyani mag‘lub etib, Parij-2024ga yo‘llanma olgan Osiyoning 3-jamoasi bo‘ldi

Dohada Osiyo kubogi U23 3-o‘rin uchun o‘yin yakuniga yetdi. Unda Iroq Indoneziya ustidan irodali g‘alabaga erishib, 3-o‘rinni olish bilan birga Olimpiada yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Uchrashuvda Jennerning golidan keyin indoneziyaliklar hisobda oldinga chiqqan bo‘lsa-da, birinchi bo‘limning o‘zida Tahsin farqni tenglashtirdi – 1:1.

Asosiy vaqtda g‘olib nomi aniq bo‘lmagach, jamoalar qo‘shimcha bo‘limlarga taklif etildi. 96-daqiqada Ali Yasimning kiritgan goli iroqliklarga irodali g‘alaba keltirdi – 2:1.

Shu tariqa, Iroq Parij-2024ga yo‘llanma olgan Osiyoning 3-jamoasiga aylandi. Iroqliklar Argentina, Marokash va Ukraina joy olgan V guruhidan o‘rin olishdi.

Indoneziya esa Afrikaning Gvineya jamoasiga qarshi pley-off orqali Parijga yo‘llanma olish imkoniyatiga ega.

Ma’lumot uchun, final ertaga 3 may kuni O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Osiyo kubogi U23. 3-o‘rin uchun o‘yin

2 may (payshanba)

Iroq U23 – Indoneziya – U23 – 2:1

Gollar: Zaid Tahsin 27, Ali Yasim 96 – Ivar Jenner

Iroq U23: Husayn Hasan, Jozef Al Imom, Ahmad Maknazi, Zaid Tahsin, Ali Jascim, Bind Ozod, Nihad Muhammad, Muntadir Muhammad, Karrar Muhammad Ali, Mustafo Sadun, Rido Fadil.

Indoneziya U23: Ari, Fahmiy, Ferrari, Jenner, Ferdinan, Sulaymon, Habner, Struik, Arhan, Sroyer, Chjoe-A-On.

Turnir jadvallari
Team
W D L Pts
So‘nggi yangiliklar
Dolzarb xabarlar