02.05.2024 16:36
1629
Teglar
Kapadze PFLdan «Dinamo» — «Olimpik» o‘yinini qoldirishni so‘radi, «Paxtakor» — «Metallurg» sanasi o‘zgardi

O‘zbekiston olimpiya jamoasi ertaga — 3 may kuni Osiyo kubogi U23 finali doirasida Yaponiyaga qarshi saf tortadi. 

«Mazkur bellashuv oldidan Temur Kapadze Superliga 6-turidan o‘rin olgan «Dinamo»ga qarshi bellashuvni qoldirishni so‘radi. Olimpiyachilar 4 may kuni tongda Toshkentga yetib keladi. Liga olimpiyachilarning ehtimoliy finalda to‘p surishini inobatga olib, «Olimpik» ishtirokidagi bellashuvni turning eng so‘nggi kuni — 7 mayga belgilagan edi. Shunday bo‘lsa-da, mavjud holat inobatga olinib, Liga Kapadzening taklifini bu safar ham qanoatlantirishga qaror qildi», - deyiladi PFL xabarida.

Shuningdek, 7 may kungi bitta o‘yin qoldirilganidan kelib chiqib, o‘sha uchrashuv uchun rejalashtirilgan texnika bilan «Paxtakor» — «Metallurg» uchrashuvi o‘tkazilishi yuzasidan kelishildi. Ya’ni, «Paxtakor» ishtirokidagi o‘yin 6 may sanasidan 7 mayga ko‘chirildi. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston olimpiya jamoasining Osiyo kubogiga jo‘nab ketishi oldidan Superliga 5-turidan o‘rin olgan uch uchrashuv: «Nasaf» — «Navbahor», «Neftchi» — «Paxtakor», «Metallurg» — «Olimpik» bellashuvlari ham qoldirilgandi. Endilikda qoldirilgan bellashuvlar soni 4tani tashkil etmoqda. Ularning qachon o‘tkazilishi keyinroq ma’lum qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, «Dinamo» - «Olimpik» uchrashuvi 7 may kuni Jizzaxda bo‘lib o‘tishi lozim edi. Samarqanddagi stadion chimi yangilangan bo‘lsa-da, o‘yingohda hali o‘yinlarni o‘tkazishga ruxsat berilmagan.

Turnir jadvallari
Team
W D L Pts
So‘nggi yangiliklar
Dolzarb xabarlar