O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi Osiyo kubogi U-17 guruh bosqich so‘nggi turida ham g‘alabaga erishib, pley-offga 1-o‘rinni egallagan holda yo‘llanma oldi.
Islombek Ismoilov shogirdlari A guruhi 3-turi doirasida mezbon Saudiya Arabistoniga qarshi saf tortib, yirik hisobli g‘alabaga erishishdi. 49-daqiqada saudiyaliklarning penaltidan yo‘llagan zarbasi darvoza to‘siniga tegib qaytgan bo‘lsa, 51-daqiqada raqibning goli ofsayd deya bekor qilingach, vakillarimiz «uyg‘onishdi».
57-daqiqada Jamshidbek Rustamov penaltidan hisobni ochgan bo‘lsa, 63-daqiqada Asilbek Aliyev o‘yindagi ikkinchi golga, turnirdagi 3-goliga mualliflik qildi. 70-daqiqada esa Rustamov ajoyib zarbasi bilan hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi – 3:0.
Shu tariqa, O‘zbekiston 9 ochko bilan A guruhida 1-o‘rinni egallab chorakfinal bosqichiga yo‘llanma oldi. Mezbonlar esa 6 ochko bilan guruhda 2-o‘rinni egallagan holda pley-offga chiqishdi. Islombek Ismoilov shogirdlari 13 aprel kuni kuni chorakfinalda V guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan jamoaga qarshi maydonga tushadi. Raqib ertaga, 10 aprel kungi Yaponiya – Avstraliya va Viyetnam – BAA uchrashuvidan keyin ma’lum bo‘ladi.
Osiyo kubogi U-17. 3-tur.
Saudiya Arabistoni U17 – O‘zbekiston U17 – 0:3
Gollar: Jamshidbek Rustamov 57 penaltidan, 70, Asilbek Aliyev 63.
Saudiya Arabistoni: 22. Vafi, 3.Nosir Al-Fihoniy, 6.Said Ad-Dovsari 9.Ablulhadi Matari (17.Salim Abdulloh, 46), 10.Abdulrahmon So‘fiyoni, 11.Sabri Dahal (7.Al-Volid, 64), 12.Odil Bin Hibah 13.Osama Al-Dagmah, 14.Abdulaziz Asiriy, 18.Abdulaziz Alfavaz (23.Mahir Tavashiy, 72), 20.Abu Bakr Said.
O‘zbekiston: 1.Shokirov, 4.Bahodirxonov, 5.Murodov, 8.Muhammadov (22.Abdullayev, 46), 9.Sarsenbayev (20.Aliyev, 46), 10.Habibullayev, 13.Fazliddinov, 14.Saidmurodov, 15.Musaxonov (23.Mahmudjonov, 72), 16.Abdumo‘minov (7.Hasanov, 63), 17.Rustamov.
Noaniq penalti: Matari, 49 (S).
A guruhidagi vaziyat:
